Superliga-2026. "Lokomotiv" "Surxon" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1242

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi yangi mavsumni o'z maydonida ishonchli g'alaba bilan boshladi. "Do'stlik" stadionida kechgan bahsda "temiryo'lchilar" Termizning "Surxon" klubi ustidan zafar quchishdi - 3:1.
Uchrashuvda muxlislar to'rtta gol guvohiga aylanishdi:
9-daqiqa: Yosh iqtidor egasi Muhammadali Reimov hisobni ochdi va "Loko"ning mavsumdagi ilk goliga mualliflik qildi — 1:0.
66-daqiqa: Quvonchbek Abraev oradagi farqni ikkitaga oshirib, jamoasining ustunligini mustahkamladi — 2:0.
69-daqiqa: Termizliklar tarkibida legioner Stiven Chinedu javob to'pini kiritib, o'yinga intrigani qaytardi — 2:1.
80-daqiqa: Zaxiradan maydonga tushgan Lazizbek Mirzaev Temurxo'ja Abduxoliqovning uzatmasidan so'ng yakuniy nuqtani qo'ydi — 3:1.
O'zbekiston Superligasi. 1-tur
28.02.2026 | 19:00
«Do'stlik» stadioni, Toshkent viloyati
«LOKOMOTIV» — «SURXON» — 3:1
Gollar: Muhammadali Reimov 9 (1:0), Quvonchbek Abraev 66 (2:0), Stiven Chinedu 69 (2:1), Lazizbek Mirzaev 80 (3:1).
«Lokomotiv»: Aleksey Kozlov, Quvonchbek Abraev (Shodiyor Shodiboev, 69), Suhrob Nurulloev (Lazizbek Mirzaev, 69), Temurxo'ja Abduxoliqov, Nikolay Ivanov, Aleksandar Shushnyar, Sardor Mirzaev (Yovan Nishich, 81), Oleksandar Kucherenko (Islombek Baratov, 46), Abdulloh Yo'ldoshev, Oleg Zoteev, Muhammadali Reimov (Bilol Tupliev, 69).
«Surxon»: Artyom Potapov, Behruz Karimov, Behruz Jumatov (Jamaldin Xodjaniyazov, 73), Nodirxon Nematxonov, Humoyun Sherbo'taev, Stiven Chinedu, Sunnatilla Abdullajonov (Dostonbek Tursunov, 73), Richard Fraydey (Behruz Shukurullaev, 77), Sarvar Abduhamidov (Farruxjon Qodirov, 86), Tornike Dzebniauri, Behro'z Shaydulov (Muhammadali Musaxonov, 77).
Ogohlantirishlar: Aleksandar Shushnyar (46) — Humoyun Sherbo'taev (8), Behruz Shaydulov (36).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
195