Superliga-2026. "Neftchi" mavsumni yirik g'alaba bilan boshladi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3073

Farg'onada yangi mavsum starti "Neftchi" uchun haqiqiy bayramga aylandi. Islombek Ismoilov shogirdlari o'z maydonlarida Muborakning "Mash'al" jamoasini qabul qilib, yirik hisobdagi g'alaba bilan mavsumni boshlashdi - 3:0.
"Istiqlol" stadionida kechgan bahsda mezbonlar yaqqol ustunlik namoyish etishdi. O'yinning boshidanoq tashabbusni qo'lga olgan "yo'lbarslar" raqib darvozasiga yo'l topishda qiynalmadi.
Uchrashuvdagi gollarning barchasi "Neftchi"ning xorijlik futbolchilari tomonidan kiritildi:
9-daqiqa: Himoyachi Boyan Tsiger standart vaziyatdan so'ng hisobni ochdi — 1:0.
30-daqiqa: Yangi hujumchi Stipe Peritsa o'zining debyut o'yinidayoq gol urishga muvaffaq bo'ldi — 2:0.
76-daqiqa: Zaxiradan maydonga tushgan Zoran Marushich yakuniy nuqtani qo'ydi — 3:0.
O'zbekiston Superligasi. 1-tur
"Neftchi" — "Mash'al" — 3:0
Gollar: Boyan Tsiger (9), Stipe Peritsa (30), Zoran Marushich (76).
"Neftchi": Botirali Ergashev, Boyan Tsiger, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Abrorbek Ismoilov (Asilbek Jumaev, 78), Vladimir Yovovich (Jurani Ferreyra, 78), Jamshid Iskanderov (Farruh Sayfiev, 86), Stipe Peritsa (Xurshid G'iyosov, 68), Anvarjon G'ofurov, Muhsinjon Ubaydullaev, Alisher Odilov (Zoran Marushich, 68), Yovan Jokich.
"Mash'al": Dostonbek To'xtaboev, Zafarbek Akramov, Samandar Ochilov, Sardor Abduraimov (Anvar Murodov, 82), Ibrohim G'anixonov (Ilhomjon Abdig'aniev, 82), Humoyun Murtozaev (Nuriddin Nuridinov, 72), Abdul Rashid Abubakar, Muhammadali Aliqulov (Sherzod Fayziev, 84), Ergash Ismoilov, Roman Xadjiev, Augustine Kvem (Nurjahon Muzaffarov, 82).
Ogohlantirishlar: Anvarjon G'ofurov (90+1) — Ergash Ismoilov (7), Muhammadali Aliqulov (55), Sardor Abduraimov (57).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
193