Niko Kovach APLga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 579

Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Niko Kovach faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Bild" nashri xabar bermoqda.
54 yoshli xorvatiyalik mutaxassisga avvalroq "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqish bo'layotgani aytilgan edi. Endi esa uning xizmatlariga Londonning "Tottenxem" klubi ham da'vogarlik qilmoqda.
Ma'lumot uchun, Kovach faoliyati davomida "Bavariya", Xorvatiya terma jamoasi, "Ayntraxt Frankfurt", "Monako" va "Volfsburg" klublarida bosh murabbiy bo'lib ishlagan. U myunxenliklar bilan Germaniya chempioni va mamlakat kubogi sohibiga aylangan. 2025 yilning boshida "Borussiya" jilovini qo'lga olgan murabbiyning dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
267