"Manchester Yunayted" Angliya terma jamoasi futbolchisini 60 mln evroga sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 463

Londonning «Vest Xem» klubi vingeri Jarrod Bouen joriy mavsum yakunida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda «Teamtalk» jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Jarrodni o'z safiga qo'shib olishga «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Bolg'achilar» esa o'z etakchisini kamida 60 million evroga baholamoqda. Bouenning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda Jarrod Bouen «Vest Xem» safida barcha turnirlarda 29 ta o'yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ayni damda «Vest Xem» APL turnir jadvalida xavfli — quyiga tushib ketish hududida bormoqda. Agar jamoa Chempionshipga ravona bo'lsa, yulduz futbolchining sotilishi deyarli aniq bo'ladi.

Bosh sahifaga
260