«Real»ni finallarda mag'lub etganmiz»: Laporta «Barselona»ning chempionligiga ishonmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 562

Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta joriy mavsumdagi chempionlik kurashi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Biz so'nggi uchta finalda «Real» ustidan g'alaba qozondik. Bu mavsumda «Barselona» barcha prognozlarga qaramay, Ispaniya chempioni bo'ladi», — deya klub rahbarining so'zlarini keltirmoqda «Sport.es» nashri.
Eslatib o'tamiz, «ko'k-anorranglilar» La Liganing amaldagi g'olibi hisoblanishadi.
Ayni damda Xans-Diter Flik shogirdlari turnir jadvalida 61 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turishibdi va Madridning «Real» klubini bir ochkoga ortda qoldirishmoqda. «Barselona» navbatdagi uchrashuvni o'z maydonida «Vilyarreal»ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257