Markus Reshford «Barselona»da qolish uchun maoshining katta qismidan voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36

Hujumchi Markus Reshford «Barselona»ga doimiy asosda o'tish uchun maoshining sezilarli qismidan voz kechishga rozi bo'ldi. Bu haqda «The Touchline» nashri o'z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, «Barselona» Reshfordning shartnomasidagi 30 million evrolik sotib olish bandini faollashtirish niyatida. Futbolchining o'zi esa shahar, jamoa va murabbiylar shtabiga ko'ngil qo'ygan, shu sababli u faqat «Barselona»da o'ynashni xohlamoqda.
Kataloniyaliklar Reshfordni o'tgan yozgi transfer oynasida «Manchester Yunayted»dan ijaraga olgan edi. «Ko'k-anorranglilar» tarkibida u barcha turnirlarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202