«Arsenal» skautlari italiyalik iqtidorni kuzatuvga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 464

Insayder Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, «Arsenal» skautlari yosh lateralning qobiliyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida «Kalyari»ning so'nggi o'yinlarida ishtirok etishgan. Palestra o'zining universalligi va hujumdagi faolligi bilan e'tiborni tortmoqda.
«Transfermarkt» portali Marko Palestraning bozor qiymatini 25 million evroga baholagan bo'lsa-da, «Atalanta» rahbariyati istiqbolli futbolchisi uchun ikki baravar ko'p — 50 million evro so'ramoqda. Avvalroq italiyalik himoyachiga Premer-liganing boshqa grandlari va A Seriyaning etakchi klublari tomonidan ham qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Palestra «Kalyari» safida barcha turnirlarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va to'rtta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bosh sahifaga
198