"Kyoln" vunderkindi uchun kurashga "Tottenxem" ham qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 472

"Kyoln" vingeri Said el-Mala "Tottenxem"ning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylandi. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, "shporlar" 19 yoshli futbolchini qo'lga kiritish bo'yicha ishlarni boshlab yuborishgan.
Biroq, bu transferni amalga oshirish oson bo'lmaydi. Chunki istiqbolli germaniyalik futbolchi uchun kurashda "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Brayton", "Barselona", "PSJ", "Bavariya" va Milanning "Inter" klublari ham ishtirok etmoqda.
"Transfermarkt" portalining bahosiga ko'ra, futbolchining narxi 40 million evroni tashkil etadi. Uning "Kyoln" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Said el-Mala joriy mavsumda Bundesliganing 23 ta uchrashuvida maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'yishga ulgurdi.

Bosh sahifaga
204