Gordon Artetaning asosiy maqsadiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

«Nyukasl» vingeri Entoni Gordon yozgi transfer oynasida «Arsenal» a'zosiga aylanishi mumkin.
«Qarg'alar» yulduzi anchadan beri Premer-liga grandlari e'tiborida bo'lib kelayotgan edi, biroq hozirda angliyalik futbolchi uchun kurashda aynan «kanonirlar» peshqadamlik qilmoqda. Bu haqda jurnalist Charli Uayett xabar bermoqda. Qayd etilishicha, Mikel Arteta futbolchining o'yiniga qoyil qoladi va Gordon uning jamoasi safiga qo'shilishdan mamnun bo'lishiga ishonmoqda. «Arsenal» 25 yoshli futbolchi uchun taxminan 80 million evro taklif qilishga tayyor.
Entoni Gordonga da'vogarlar qatorida ilgari «Liverpul» va «Manchester Yunayted» klublari ham tilga olingan edi. «Transfermarkt» ekspertlari «Nyukasl» hujum chizig'i etakchisini 60 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
204