Maunt uchun APLning ikki klubi kurash olib boradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 438

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Meyson Maunt Premer-liganing boshqa klublari qiziqishlar doirasiga tushdi.
27 yoshli futbolchi muntazam ravishda jarohatlar bilan bog'liq muammolarga duch kelmoqda, bu esa uning jamoadagi kelajagini so'roq ostida qoldirmoqda. "Football Insider" bergan ma'lumotlarga ko'ra, angliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga "Aston Villa" va "Fulxem" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shunga qaramay, agar "qizil iblislar" mavsum yakuniga ko'ra Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritsalar, yarim himoyachini yozda qo'yib yuborishlari amrimahol.
Ayni damda mashhur "Transfermarkt" portalida Meyson Mauntning bahosi 32 million evroni tashkil etmoqda. Eslatib o'tamiz, 2023 yilda "Manchester Yunayted" ushbu futbolchini "Chelsi"dan deyarli 68 million evro evaziga sotib olgan edi.

Bosh sahifaga
204