Virts Klopp haqida: "U — haqiqiy afsona"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 260

"Liverpul" futbolchisi Florian Virts jamoaning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp haqidagi savolga javob berdi.
Germaniyalik mutaxassis "qizillar"ni 2015 yil kuzidan 2024 yil yozigacha boshqargan edi. Uning vatandoshi bo'lgan Virts esa o'tgan yozda Leverkuzenning "Bayer" klubidan 125 million evro evaziga sotib olingan.
"Shubhasiz, Klopp — haqiqiy afsona va bu erda odamlar hali ham uni sharaflashadi (e'zozlashadi)", — deya 22 yoshli yarim himoyachining so'zlarini keltiradi "Anything Liverpool".
Ma'lumot uchun, Florian Virts Angliyaga ko'chib o'tganidan keyingi debyut mavsumida "Liverpul" safida 35 ta o'yinda maydonga tushdi. Hozirda hujumkor yarim himoyachi hisobida barcha turnirlarda 6 ta gol va 8 ta golli uzatma mavjud.

Bosh sahifaga
246