"Buni kimdir uddalaganmi?": Arteta "Arsenal"ning to'rtta sovrin yutishi haqidagi savolga javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 383

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining joriy mavsumda "kvadrupl" (bir mavsumda to'rtta asosiy sovrinni qo'lga kiritish) qayd etishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Hozirda "to'pchilar" Premer-ligada peshqadamlik qilmoqda va barcha turnirlarda, jumladan, Chempionlar ligasida ham o'z yurishini davom ettirmoqda.
"Kvadruplni qo'lga kiritish qanchalik qiyin? Ilgari kimdir buni uddalaganmi? Bu savolning o'zi javob bo'la oladi. Hozir biz o'yindan o'yinga o'tishimiz va shu ruhda davom etishimiz kerak. Yakunda nimaga erishishimizni vaqt ko'rsatadi", — dedi Arteta matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, yakshanba kuni "Arsenal" o'z maydonida Angliya chempionati doirasida "Chelsi"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.

Bosh sahifaga
230