O’Rayli "Manchester Siti"dagi muvaffaqiyati sirini ochiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 264

20 yoshli Niko O’Rayli joriy mavsumda nima sababdan "Manchester Siti" uchun muhim futbolchiga aylangani haqida gapirib berdi.
Yosh universal futbolchi muntazam ravishda "shaharliklar"ning asosiy tarkibida maydonga tushmoqda. So'nggi vaqtlarda undan ko'proq yarim himoya chizig'ida foydalanilmoqda.
"Men yarim himoyamizga biroz jismoniy kuch qo'shyapman va yakkama-yakka kurashlarda g'olib chiqyapman. O'ylaymanki, bu to'p bilan a'lo darajada muomala qiladigan va tempni belgilab beradigan jamoadoshlarimga juda yordam beradi. Mening vazifam — markazda raqib hujumlarini buzish va to'pni ijodkor sheriklarimdan biriga etkazib berish. Men aynan shuning uchun shu erdaman va bu rol menga yoqadi", — deya "City Xtra" O’Raylining so'zlaridan iqtibos keltiradi.
Angliyalik futbolchi joriy mavsumda Xosep Gvardiola jamoasi safida 39 ta o'yinda ishtirok etib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bosh sahifaga
246