Krouford: "Tayson va Jeyk Pol o'rtasidagi jang sahnalashtirilgan edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

Amerikalik bokschi Terens Kroufordning fikricha, bloger Jeyk Pol va afsonaviy Mayk Tayson o'rtasidagi jang sahnalashtirilgan.
"Ha, menimcha, bu sahnalashtirilgan spektakl edi. Maykning o'z qo'lqoplarini tishlaganini ilgari hech qachon ko'rmaganman. O'shanda menga bu uning Polni kaltaklashiga ruxsat berilmaganiga nisbatan reaktsiyasidek tuyuldi. Boks ikonasining sportdan bunday tarzda ketishini tomosha qilish juda og'ir manzara.
U bu jangni o'tkazmasligi kerak edi. Mutlaqo. Menimcha, uning aloqalari va maqomini hisobga olsak, pul ishlashning boshqa yo'llari ham bor. Boksni boshqarayotgan odamlar unga pul topishning boshqacharoq usulini ta'minlab berishlari kerak edi", — dedi Terens.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190