Enrike: "Lans"dan oldinda marraga etib kelish qiyin bo'ladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike 2025/2026 yilgi mavsumda Frantsiya chempionatidagi chempionlik poygasi haqida gapirdi. 23 ta o'yindan so'ng parijliklar 54 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ular ikkinchi o'rindagi "Lans"dan bir ochko oldinda va zahirasida bitta o'yini bor.
"Lans" ajoyib holatda va ligada bunday darajadagi jamoa bilan raqobatlashish bizga qo'shimcha motivatsiya beradi. Ulardan oldinda marraga etib kelish qiyin bo'ladi, chunki ular bizga juda yaqin masofada turishibdi", — deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi "PSJ" klub matbuot xizmati.
Enrike shogirdlari navbatdagi uchrashuvni 28 fevral kuni safarda "Gavr"ga qarshi o'tkazishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205