Messi Tramp bilan uchrashishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 421

"Inter Mayami" futbolchilari va murabbiylar shtabi yaqinda Oq uyga tashrif buyurib, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadilar, deb xabar beradi The Athletic nashri.
Manbaga ko'ra, ikki tomon o'rtasidagi uchrashuv 5 mart kuni Vashingtonda bo'lib o'tadi. Florida jamoasida argentinalik yulduz hujumchi Lionel Messi bor.
38 yoshli hujumchining Oq uy uchrashuvida qatnashishi yoki qatnashmasligi hali tasdiqlanmagan. "Inter Mayami" o'tgan mavsumda MLS chempionligini qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259