Arteta: "Viktor o'ziga bo'lgan ishonchini oshirdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 424

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Viktor Dyokereshning o'yini haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Shvetsiyalik futbolchi bu mavsumda gol urish bo'yicha tez-tez tanqid qilinmoqda. U yaqinda "Tottenxem"ga qarshi derbida ikki marta gol urdi.
"Viktor o'ziga bo'lgan ishonchini oshirdimi? Ishonch har bir kishi uchun asosiy ustundir. Sizni qadrlashganda va qo'llab-quvvatlashganda kutgan darajaga erishishingiz ancha osonlashadi.
Menimcha, Dyokeresh endi o'zini shunga o'xshash his qilmoqda. Albatta, bu uning o'yiniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi", dedi Arteta matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261