Gvardiola: "Tayyorgarlik ko'rish uchun vaqtimiz bor"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 271

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasi 1/8 finalidagi raqibi "Real Madrid"ning darajasi haqida o'z fikrini bildirdi.
Jamoalarning birinchi uchrashuvi 11 mart kuni "Santyago Bernabeu"da, javob o'yini esa 17 mart kuni bo'lib o'tadi.
"Men murabbiylik qilgan vaqtim davomida "Real Madrid" har doim ajoyib tarkibga ega bo'lgan - bunga shubha yo'q. O'zgarishlar bo'ldi: Xabi Alonso ketdi va uning o'rnini Alvaro Arbeloa egalladi. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz.
Tayyorgarlik ko'rish uchun vaqtimiz bor. "Real Madrid" haqida o'ylashga vaqtimiz bo'ladi", dedi Gvardiola.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262