"Vulverxempton" darvozaboni: "Mavsum boshidan beri shunday o'ynaganimizda, hammasi boshqacha bo'lardi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8745

"Vulverxempton" Angliya chempionatining 28-turi ilk o'yinidayoq sensatsiya qayd etdi — "bo'rilar" "Aston Villa" darvozasiga ikkita to'p kiritib, zafar quchishdi. "Vulverxempton" darvozaboni Joze Sa jamoasi mavsum boshidan beri bunday o'yin ko'rsatmaganidan afsusda.
"Har bir futbolchimiz maydonda ajoyib ishni bajardi. Muxlislar ham shunday. Ular uchun derbidagi g'alaba — alohida muvaffaqiyat. Biz kurashishda davom etamiz, lekin mavsum boshidan beri shunday o'ynamaganimiz achinarli. Hammasi butunlay boshqacha bo'lishi mumkin edi", — deya Saning so'zlaridan iqtibos keltiradi "BBC Sport".
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267