"MYu" braziliyalik himoyachi uchun muzokaralarni boshlab yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51

"Manchester Yunayted" klubi "Nottingem Forest" markaziy himoyachisi Murilloning transferi ustida ish olib bormoqda.
"Qizil iblislar" braziliyalik futbolchini kelayotgan yozda o'z safiga qo'shib olish niyatida — "o'rmonchilar" bilan muzokaralar allaqachon boshlangan, deb xabar bermoqda "indykaila News". 23 yoshli o'yinchi Angliyaning etakchi klublaridan birida o'ynashni xohlaydi, shu sababli, katta ehtimol bilan ushbu kelishuvga rozilik beradi.
"Transfermarkt" portalida Murilloning taxminiy qiymati 55 million evro etib belgilangan. Joriy mavsumda futbolchi "Nottingem Forest" safida barcha turnirlarda 28 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga ikkita gol yozdirib qo'ydi. Markaziy himoyachining narxiga jamoaning yuqori diviziondan chiqib ketish ehtimoli ta'sir qilishi mumkin.

Bosh sahifaga
259