SPL. "Al-Hilol" sakkizta gol urilgan o'yinda "Ash-Shabab"ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36

"Al-Hilol" Saudiya Arabistoni chempionatining 24-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Ash-Shabab"ni 5:3 hisobida mag'lub etdi. O'yin Riyod shahrida bo'lib o'tdi.
Mehmonlar safida Muhammad Kanno, Sultan Madash, Kalidu Kulibali va Markos Leonardo gol urishdi, shuningdek, himoyachi Ali Al-Bulayhi o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Mezbonlarning gollariga Abderrazak Hamdalla, Josh Braunxill va Yasin Adli mualliflik qilishdi.
"Al-Hilol" 58 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. "Ash-Shabab" esa 25 ochko bilan 13-pog'onada bormoqda.
Saudiya Pro-ligasi. 24-tur
"Al-Shabab" — "Al-Hilol" — 3:5
Gollar: Braunxill (13), Al-Bulayhi (31-avt), Hamdalla (44), Adli (75) — Kanno (19), Kulibali (45+2), Mandash (48), Markus Leonardu (52).
"Ash-Shabab": Groe, Al-Bulayhi, Hudt, Balobaid, Al-Skur, Serro, Adli, Braunxill, Karrasko, Al-Tani, Hamdalla.
"Al-Hilol": Bunu, Kulibali, Lajami, Ernandez, Al-Arbi, Ruben Nevesh, Buabre, Milinkovich-Savich, Kanno, Mandash, Markus Leonardu.
Ogohlantirishlar: Adli (83) — Kulibali (11), Mandash (50), Milinkovich-Savich (90).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
258