Reshford "Barsa"da qoladigan bo'ldi. Transfer tafsilotlari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 449

"Barselona" hujumchi Markus Reshford bo'yicha "Manchester Yunayted" bilan tuzilgan ijara shartnomasidagi sotib olish huquqini faollashtirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda "Mundo Deportivo". Ispaniya klubi 28 yoshli ingliz futbolchisi uchun 30 million evro to'laydi. Bu summa 3 yil davomida yiligi 10 million evrodan to'lab boriladi.
Reshford 2025 yilning iyul oyidan beri "Barselona"da o'ynab kelmoqda, uning ijara shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali futbolchining qiymatini 40 million evroga baholamoqda.
2025/26 yilgi mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270