"Atletiko" direktori Grizmanning ketishini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3035

Madridning "Atletiko" klubi sport direktori Mateu Alemani hujumchi Antuan Grizmann atrofidagi mish-mishlarga chek qo'ydi.
Avvalroq matbuotda 34 yoshli frantsiyalik futbolchi MLSning "Orlando Siti" klubiga o'tishga yaqin ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Bu masala shunchaki spekulyatsiya (to'qima gaplar). Antuanning oldida hali yana ikkita mavsum bor, u bor e'tiborini bo'lajak vazifalarga qaratgan va uning o'yini juda yaxshi holatda", — deya Alemanining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal nashri.
Joriy mavsumda Grizmann "matraschilar" safida barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda ishtirok etib, 12 ta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining "Atletiko" bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha amal qiladi.

Bosh sahifaga
282