Gvardiola Ramazon oyining futbolchilar o'yiniga ta'siri haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1014

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola klubda futbolchilar bilan ishlash jarayonida Ramazon oyi qanday hisobga olinishi haqida so'zlab berdi, deb xabar bermoqda Touchline.
"Ular diniy an'analariga amal qilishadi va albatta, bizda hamma narsani jamoa ehtiyojlariga moslashtiradigan malakali ovqatlanish mutaxassislari bor. O'ylashimcha, ular bunga o'rganib qolishgan — ular yosh bola emas, bu davrda to'p tepish borasida ko'p yillik tajribaga egalar. Shundan kelib chiqib tarkib tanlaymanmi? Yo'q. Ularga yaxshi g'amxo'rlik qilinadi va ular bunday vaziyatlarni qanday to'g'ri boshqarishni bilishadi", — dedi Gvardiola.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262