"Benfika" "Real" bilan o'yindagi irqchilik uchun o'z muxlislarini jazoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1186

"Benfika" klubi "Real"ga qarshi kechgan bahsda noo'rin xatti-harakatlar sodir etgan bir necha muxlisini jazoladi.
Lissabonliklarning ma'lum qilishicha, "irqchilik xarakteridagi, klub qadriyatlari va tamoyillariga zid bo'lgan xulq-atvori" uchun besh nafar ishqibozga nisbatan chora ko'rilgan.
"Burgutlar" ushbu shaxslarning abonementlarini bekor qilishdi va ularga jamoa o'yinlariga tashrif buyurishni taqiqlab qo'yishdi.
"Benfika" har qanday ko'rinishdagi kamsitish yoki irqchilikka toqat qilmasligini tasdiqlaydi va klub, sport hamda jamiyat qadriyatlariga putur etkazadigan xatti-harakatlar sodir bo'lganda qat'iy choralar ko'rishni davom ettiradi", — deyiladi xabarda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271