"Inter" Barellaga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66

Ommaviy axborot vositalarining xabariga ko'ra, "Inter" yozgi transfer oynasida yarim himoyachi Nikola Barellani sotish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Italiya klubi Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan so'ng o'z moliyaviy holatini yaxshilab olmoqchi. Milanliklar Barellani 70 million evroga baholamoqdalar. Futbolchiga APL klublari qiziqish bildirishmoqda, xususan, "Nyukasl"ning istagi haqida xabar berilgan.
Ushbu mavsumda Nikola Barella "Inter" safida 32 ta o'yin o'tkazdi. Ularda yarim himoyachi "gol+pas" tizimi bo'yicha o'z hisobiga "1+6" ochko yozib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
260