Rakitich "Barselona"ning "Nyukasl"ga qarshi o'yini haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 755

"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Ivan Rakitich Evropa Chempionlar Ligasi qur'asi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Men «Barselona»ni diqqat bilan kuzatib boraman. Bu qiziqarli o'yin bo'ladi. «Barselona» favorit, ammo «Nyukasl» pley-off bosqichiga chiqish orqali katta salohiyatga ega ekanini isbotlab ulgurdi.
Bu juda qiyin bahs bo'ladi. Umuman olganda, ingliz klublari Chempionlar Ligasining ushbu mavsumida katta ustunlikka ega, shuning uchun yaxshi tayyorgarlik ko'rish lozim. Umid qilamanki, «Barsa» keyingi bosqichga yo'l oladi», - dedi 37 yoshli xorvat.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
266