Arteta APL chempionligi uchun kurashda jamoaning ruhiy holati haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

"Arsenal" ustozi Mikel Arteta uning shogirdlari Premer-liga chempionligi uchun kurashda asabiylashayotgani yoki yo'qligi borasidagi savolga javob qaytardi.
"Men oldinda turgan kurashda o'ziga bo'lgan ishonch, ishtiyoq va g'alabaga bo'lgan iroda belgilarini ko'rishni istayman. Har kuni jamoada aynan mana shu xususiyatlarni ko'ryapman", — dedi Arteta juma kungi matbuot anjumanida jurnalistlarga.
"Arsenal" ayni damda Premer-liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti"ni besh ochkoga ortda qoldiryapti. Shu bilan birga, "kanonirlar" bitta ko'p o'yin o'tkazishgan.
Ma'lumot uchun, "Arsenal" oxirgi marta 2004 yilda Angliya chempioni bo'lgan edi. O'shanda jamoa Premer-liga mavsumini biror marta mag'lubiyatga uchramasdan yakunlagan.

Bosh sahifaga
295