Superliga-2026. "Paxtakor" mavsumni g'alaba bilan boshladi: Zaxiradan tushganlar o'yin taqdirini hal qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

Toshkentning «Paxtakor» jamoasi yangi mavsumning ochilish turida o'z maydonida Navoiyning «Qizilqum» klubini qabul qildi va ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
O'yinning katta qismida mehmonlar himoyada tartibli o'yin namoyish etishdi, biroq Kamoliddin Tojiev tomonidan amalga oshirilgan o'zgarishlar o'z mevasini berdi. 74-daqiqada maydonga tushgan Doston Hamdamov oradan bir daqiqa o'tib hisobni ochgan bo'lsa, hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtda yana bir zaxira vakili Pyotr Parjishek yakuniy nuqtani qo'ydi — 2:0.
«PAXTAKOR» – «QIZILQUM» — 2:027 fevral 2026 yil. Toshkent. «Paxtakor» markaziy stadioni.
Gollar: 1:0 – 75, Doston Hamdamov, 2:0 – 90+4, Pyotr Parjishek.
Hakamlar: D. Rahmonov, Sh. Yo'ldoshev, S. Umrzoqov, A. Rahimqulov. VAR: N. Qosimov. AVAR: N. Toshmuhammedova. Nazoratchi: M. Ismoilov. Komissar: B. Aripov.
«PAXTAKOR»: Vladimir Nazarov, Zaid Tahsin, Hojiakbar Alijonov (Dilshod Saitov, 38), Ibrohim Ibragimov, Akmal Mozgovoy, Hojimat Enkinov (Doston Hamdamov, 74), Rustam Turdimurodov (Pyotr Pajishek, 74), Sardor Sobirxo'jaev, Sherzod Nasrullaev, Muhammadrasul Abdumajidov, Oybek Bozorov. Zaxira: S. Quvvatov, Sh. Azmiddinov, M. Hamraliev, A. Shukurullaev, D. Abdullaev, A. Bo'riev.
«QIZILQUM»: Farhod Rahmatov, Shahzod Rahmatullaev, Islom Kenjaboev (Shohruz Norxonov, 76), Oleksiy Shebetun, Alisher Shukurov (Shahzod Turopov, 83), Nikola Kumburovich, Asror G'ofurov, Bobomurod Bozorov (Grigol Chabradze, 63), Samandar Shukurillaev, Jambuli Jigauri, Diyor Rahmatilloev (Ilhom Vahobov, 76). Zaxira: H. Sayyotov, A. Muzaffarov, I. Kenjaev, M. Ibrohimov, G'. Rizaqulov.
Ogohlantirish: Asror G'ofurov (70).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
264