"Nyukasl" direktori Chempionlar ligasida "Barselona"ga qarshi tushishi haqida munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 692

"Nyukasl" Chempionlar ligasining 1/8 finalida "Barselona"ga qarshi bahs olib boradigan bo'ldi. Qur'a natijalarini "qarg'alar"ning bosh operatsion direktori Bred Miller sharhladi.
"Hayratlanarli juftlik. Musobaqaning besh karra g'olibiga qarshi o'ynash — bu elita Evropa futboli demakdir, bu shunchaki fantastika. Biz turnirning hal qiluvchi bosqichlariga chiqyapmiz, shuning uchun har qanday o'yin qiyin bo'ladi. Biz jamoaga, murabbiylar shtabiga va bosh murabbiyga to'liq ishonamiz. Bu o'yinlarni katta intiqlik bilan kutyapmiz. Maqsadimiz — iloji boricha uzoqroqqa borish", — dedi Miller UEFAga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240