Arteta Xaverts, Uayt va Doumanning holati haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 681

"Arsenal" ustozi Mikel Arteta jamoadagi kadrlar holati haqida to'xtalib o'tdi. Ispaniyalik mutaxassisning so'zlariga ko'ra, Ben Uayt, Maks Douman va Kay Xavertsda "Chelsi"ga qarshi London derbisida maydonga tushish imkoniyati bor.
"Ha, biz Uayt, Douman va Xaverts o'yinga tayyor bo'lishidan umidvormiz. Maks bugun oqshom 21 yoshgacha bo'lgan jamoa tarkibida bir necha daqiqa harakat qiladi. Kay ertaga mashg'ulotlarga kirishadi. Benning holatini esa ko'ramiz", — dedi Arteta matbuot anjumanida.
"Arsenal" va "Chelsi" o'rtasidagi derbi bahorning ilk oqshomida bo'lib o'tadi. "Emireyts" stadionidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221