Gvardiola Angliyadagi uchta sevimli stadionini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 808

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliyadagi faoliyati davomida o'ziga eng manzur bo'lgan uchta safar stadionini nomladi.
"Menga "Fulxem" stadioni, "Uotford" stadioni va "Everton"ning eski stadioni yoqadi. Boshqa mamlakatdan kelganingizda, bunday an'anaviy stadionlarga tashrif buyurish zavq bag'ishlaydi. Albatta, yangi arenalar ham ajoyib, ammo bularning o'z o'rni bor", — dedi Gvardiola juma kungi matbuot anjumanida.
Shanba kuni, 28 fevral kuni "Manchester Siti" Premer-liga doirasida "Lids" mehmoni bo'ladi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242