"Real" vitse-prezidenti "Siti"ga qarshi o'yinlar haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1406

"Real" vitse-prezidenti Emilio Butrageno Chempionlar ligasi 1/8 finalida "Manchester Siti"ga qarshi navbatdagi to'qnashuv haqida o'z fikrlarini bildirdi. Bu jamoalarning EChL pley-off bosqichidagi ketma-ket beshinchi uchrashuvi bo'ladi. Musobaqaning avvalgi mavsumida "Real" o'tish o'yinlarida "Manchester Siti"ni 3:2 va 3:1 hisoblarida mag'lub etgan edi.
"Bu ajoyib jamoa, keyingi bosqichga chiqish va turnirdagi ishtirokimizni davom ettirish uchun biz ikkita ajoyib o'yin o'tkazishimizga to'g'ri keladi", — dedi Butrageno Canal+ telekanaliga bergan intervyusida.
Dastlabki o'yin 10 yoki 11 mart kuni bo'lib o'tadi. Javob uchrashuvi esa 17 yoki 18 mart kunlariga belgilangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224