"Real Madrid" Raul Asensioning jarohati borasida rasmiy ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

"Real" rasmiy saytida Chempionlar ligasi doirasidagi "Benfika"ga qarshi o'yinda himoyachi Raul Asensio orttirib olgan jarohat haqida ma'lumot e'lon qilindi. Ma'lumki, futbolchining bo'yin qismi maxsus moslama bilan fiksatsiya qilinib, maydondan zambilda olib chiqib ketilgan edi.
"Real" klubi Asensioga tashxis qo'yilganini ma'lum qildi: tservikal kontraktura (bo'yin mushaklarining qisqarishi). 23 yoshli futbolchining tiklanish muddatlari ochiqlanmagan.
Internetdagi ma'lumotlarga ko'ra, gap bo'yin mushaklarining doimiy yoki vaqti-vaqti bilan ixtiyorsiz ravishda taranglashib qolishi bilan bog'liq holat haqida ketmoqda.
"Real" La Ligadagi navbatdagi o'yinini dushanba kuni, 2 mart kuni o'z maydonida "Xetafe"ga qarshi o'tkazadi.

Bosh sahifaga
273