2026-yilgi qishki Paralimpiya o'yinlarida O'zbekiston nechta yo'llanmaga ega?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2403

Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampetstso shaharlarida o'tkaziladigan 2026-yilgi XIV qishki Paralimpiya o'yinlarining saralash musobaqalari yakuniga ko'ra, O'zbekiston delegatsiyasi ushbu nufuzli musobaqa uchun 2 ta yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Qayd etilishicha, para tog' chang'isi bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari — Yulduz Mahmudova hamda Firdavs Xudoyatov to'rt yillikning eng muhim musobaqasining gigant-slalom dasturida ishtirok etadi.
XIV qishki Paralimpiya o'yinlari 2026-yilning 6–15-mart kunlari Italiyaning Milan va Kortina-d'Ampesso shaharlarida bo'lib o'tadi.
Manba: www.daryo.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227