Italyano: "Maqsadimiz mart oyigacha kubok bahslarida qolish edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2841

"Bolonya" bosh murabbiyi Vinchentso Italyano Evropa ligasi 1/16 finalida "Brann" ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida to'xtaldi.
"To'g'risini aytsam, dastlabki 20 daqiqa men kutgandek o'tdi, chunki "Brann"da faqat bitta imkoniyat bor edi va ular bor kuchlari bilan oldinga tashlanishga majbur edilar.
Biz juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik; Rou va Bernardeski qulay vaziyatlarga chiqib borganlarida ko'proq foyda chiqarishimiz mumkin edi. Son jihatdan ustunlikka ega bo'lishimiz bilan vaziyatdan maksimal darajada foydalandik.
Menimcha, ikki o'yin natijasiga ko'ra keyingi bosqichga chiqish uchun etarlicha harakat qildik. Maqsadimiz mart oyigacha kubok musobaqalarida qolish edi: Evropada buni uddaladik, lekin Italiya kubogida, afsuski, yo'q.
Birinchi o'yinda natijaga erishish juda muhim edi, chunki "Brann" yaxshi sport formasida ekanini va bizning taqvimimiz qanchalik tig'izligini bilardik. Ularning tezligi bizga muammo tug'dirishi mumkinligini tushunib, Norvegiyada aqlli o'yin ko'rsatdi", — dedi Italyano.

Bosh sahifaga
280