"Real" - bir yilda chiptalar uchun 200+ million evro ishlab olgan tarixdagi birinchi klub
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1326

"Real Madrid" 2025 moliyaviy yilida ikkita rekord o'rnatdi.
Madridliklarning umumiy tijorat daromadlari hajmi 568 mln evroga etdi. Bu 500 millionlik dovondan o'tgan tarixdagi ilk klubdir. E'tiborli jihati shundaki, "Barselona"ga bu ko'rsatkichga etish uchun atigi bir million etmadi — ularda 499 mln evro.
Tijorat daromadlari bo'yicha kuchli o'nlikdan, shuningdek, quyidagi klublar joy oldi:
"Manchester Siti" (426 mln)
"Bavariya" (402 mln)
"Manchester Yunayted" (384 mln)
"Liverpul" (382 mln)
"PSJ" (349 mln)
"Arsenal" (313 mln)
"Tottenxem" (298 mln)
"Borussiya D" (237 mln)
Shuningdek, "Real Madrid" o'yinlar o'tkazishdan (chiptalar sotuvidan) 200 mln evrodan ortiq ishlab topgan tarixdagi birinchi klubga aylandi. Chiptalar sotuvidan tushgan tushum 222 mln evroni tashkil etdi.
2025 moliyaviy yilida o'yin kunlaridan tushgan daromad bo'yicha kuchli o'nlik quyidagicha ko'rinish oldi:
"Arsenal" (183 mln)
"PSJ" (175 mln)
"Manchester Yunayted" (155 mln)
"Tottenxem" (150 mln)
"Barselona" (150 mln)
"Bavariya" (147 mln)
"Liverpul" (138 mln)
"Chelsi" (105 mln)
"Inter" (93 mln)

Bosh sahifaga
279