Diego Kosta Simeonening eng yaxshi va eng yomon fazilatini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

Madridning "Atletiko" klubi sobiq futbolchisi Diego Kosta jamoa bosh murabbiyi Diego Simeonening shaxsiy xislatlari haqida fikr bildirdi.
Hujumchi 2007 yildan 2014 yilgacha "matraschilar"ga tegishli bo'lgan, shundan so'ng "Chelsi"ga sotilgan edi. 2018 yilda asli braziliyalik bo'lgan ispaniyalik futbolchi jamoaga qaytdi va u erda yana uch yil faoliyat yuritdi.
"Simeonening eng yaxshi xislati — motivatsiya bera olish qobiliyati, u odamlarga o'zlariga ishonishda yordam beradi. Eng yomon xislatimi? Masofa saqlashi (begonalik). U futbolchilar bilan, ayniqsa, o'zi uchun muhim deb hisoblamaganlar bilan sovuq munosabatda bo'lardi. Menimcha, hozir Cholo o'zgargan, hissiyotlarga ko'proq beriladigan va jamoaga yaqinroq bo'lgan", — deya Kostaning so'zlaridan iqtibos keltiradi Atletico Universe.
Diego Simeone 2011 yilning oxiridan beri "Atletiko" boshqaruvida faoliyat yuritmoqda.

Bosh sahifaga
204