Anri "Tottenxem" ustidan kuldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 712

O'tgan dam olish kunlari Angliya Premer-ligasida "Tottenxem" va "Arsenal" jamoalari o'rtasida Shimoliy London derbisi bo'lib o'tdi. "Kanonirlar" raqib maydonida 4:1 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritdi. "Arsenal"ning sobiq yulduzi Terri Anri "shporlar"ning o'z uyidagi muvaffaqiyatsiz o'yinlariga ishora qilib, ularning ustidan hazil qildi.
"Tottenxem" yangi stadionga ko'chib o'tganidan beri, u erda o'ynash qachon qiyin bo'lgan? Odamlar bu o'yinni "Arsenal" uchun qiyin bo'lishini istashgandi, ammo bilishimcha, "Arsenal" u erda tez-tez g'alaba qozonib turadi", — dedi Anri Betway nashriga.
Ta'kidlab o'tish joizki, hozirda "Tottenxem" Premer-liga turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi. "Arsenal" esa peshqadamlik qilmoqda.

Bosh sahifaga
222