"Milan"da Modrichni Maradonaga qiyoslashmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 500

Massimiliano Allegri boshchiligidagi "Milan" klubi Luka Modrichni shartnomani uzaytirishga ko'ndirish uchun faol harakat boshladi. 40 yoshli xorvatiyalik pleymeyker A Seriyada eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lib qolmoqda.
"Bu erda hamma uni "Maestro" deb ataydi. Uning to'p bilan muomalasini Maradonaga qiyoslashmoqda", — deyiladi xabarda.
Modrich joriy mavsumda 2000 daqiqadan ortiq maydonda harakat qildi. Murabbiylar shtabi, futbolchilar va muxlislar "Oltin to'p" sohibining jamoada qolishini istashmoqda. Xabarlarga ko'ra, uning "Milan"da qolish imkoniyati ancha yuqori.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258