"Real" va ikkita ingliz klubi "PSJ" yulduziga da'vogarlik qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44

"Pari Sen-Jermen" yarim himoyachisi Joau Nevesh boshqa Evropa top-klublarining qiziqishlar doirasiga tushdi.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 21 yoshli futbolchiga Madridning "Real", "Liverpul" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirmoqda. Portugaliyalik futbolchini qo'lga kiritish juda qiyin bo'ladi, chunki uning o'zi Parijni tark etish ishtiyoqida emas. "PSJ" esa uni faqat katta mablag' — taxminan 160 mln evro evaziga qo'yib yuborishi mumkin. Bundan tashqari, yaqinda OAVda Liga 1 grandi yosh xavbek bilan mehnat shartnomasini uzaytirish niyatida ekanligi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Transfermarkt portali Joau Neveshning qiymatini 110 mln evroga baholamoqda. Futbolchining "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
239