Slot: "Virts o'ynamaydi, Frimpong tayyor"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 475

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoadagi kadrlar holati haqida to'xtalib o'tdi.
"Frimpong shu hafta davomida biz bilan bir necha bor mashg'ulot o'tkazdi. Shunday ekan, u maydonga tushishga tayyor. Ammo Virts o'ynamaydi. Bu kishini ranjitadi. Har gal qaysidir futbolchi o'yinda ishtirok eta olmasa, bu men uchun katta yo'qotish.
Virts qachon qaytadi? Hozircha bilmayman. Odatda, agar men shunday desam, hamma narsani bilgan bo'laman, shunchaki ma'lumotni bo'lishgimni kelmaydi. Biroq bu safar haqiqatan ham bilmayman", — dedi Slot matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Florian Virts o'tgan safargi "Nottingem Forest"ga qarshi o'yin oldidan chigalyozdi mashqlari paytida jarohat olgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226