«Fenerbaxche» XXI asrda Angliyada ilk bor g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 557

Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi Evropa ligasi javob uchrashuvi doirasida Angliyaga deyarli umidsiz holatda yo'l olgan edi, boisi Istanbuldagi ilk bahsda jamoa 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Biroq, aynan shu yirik mag'lubiyat «Nottingem Forest»ning xotirjamlikka berilishiga va javob o'yinida eksperimental tarkibni maydonga tushirishiga sabab bo'lgan ko'rinadi.
Yakunda «Fenerbaxche» 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Bu turk klubi uchun XXI asrda Angliya zaminida qo'lga kiritilgan ilk g'alaba bo'ldi. Bungacha «Fenerbaxche» oxirgi marta 1996 yilning kuzida Angliya klubini o'z maydonida mag'lub etishga muvaffaq bo'lgandi — o'shanda stambulliklar Chempionlar ligasi guruh bosqichida kutilmaganda «Manchester Yunayted»dan ustun kelishgan edi.
Garchi ushbu g'alaba «Fenerbaxche»ga keyingi bosqichga chiqish uchun etarli bo'lmasa-da, u tarixiy ahamiyatga ega natija sifatida yilnomalardan joy oldi.

Bosh sahifaga
214