Ngolo Kante uch yildan so'ng yana Angliyaga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 512

Frantsiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo'lgan Ngolo Kante oradan qariyb uch yil o'tib, yana Angliya maydonlariga qaytdi. Eslatib o'tamiz, u ilgari ushbu mamlakatda «Lester» va «Chelsi» sharafini himoya qilgan edi.
Bu voqea Evropa ligasi doirasidagi bahsda yuz berdi. Kantening hozirgi jamoasi — «Fenerbaxche» safarda «Nottingem Forest» ustidan g'alaba qozongan bo'lsa-da, birinchi o'yindagi muvaffaqiyatsiz natija tufayli turnirning keyingi bosqichiga chiqa olmadi. Shu tariqa, Kante uchun joriy evrokubok mavsumi yakuniga etdi.
Ma'lumot uchun, frantsiyalik yarim himoyachi Angliyadagi oxirgi rasmiy o'yinini 2023 yilning may oyida o'tkazgan edi. O'shanda «Chelsi» APL doirasida «Bornmut»ni 3:1 hisobida mag'lub etgandi.

Bosh sahifaga
201