Ben-Yedder oqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408

Eks-an-Provansdagi apellyatsiya sudi «Monako» sobiq hujumchisi Vissam Ben-Yedder va uning akasi Sabriga nisbatan jinoyat ishlari bo'yicha sud tomonidan 2025 yil 3 noyabrda ilgari surilgan zo'rlash ayblovlarini bekor qildi.
Sud manbasining xabariga ko'ra, ayblovlarni e'lon qilish uchun «etarli asoslar mavjud emas». Shu tariqa, 2023 yildan beri davom etayotgan ushbu mojaroli ish yuzasidan futbolchi oqlandi.
Eslatib o'tamiz, 35 yoshli hujumchi joriy yilning yanvaridan beri Marokashning «Vidad» klubi sharafini himoya qilmoqda. Ben-Yedder Marokash klubi bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186