UEFA hisoboti: Ingliz klublari Evropada eng ko'p zarar ko'rgan jamoalar bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 457

UEFA yuqori divizion klublarining soliq to'langunga qadar bo'lgan umumiy foydasi va zararlari haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.
Ingliz jamoalari jami 641 million evro yo'qotishga uchradi — bu Evropadagi eng yomon ko'rsatkichdir. La Ligada bu ko'rsatkich -296 million, A Seriyada -255 million, Frantsiyada -112 million va Gretsiyada -92 million evroni tashkil etdi.
Angliyada 20 ta jamoadan 15 tasi zarar ko'rgani haqida hisobot bergan.
Eng katta foydani esa Germaniya klublari qayd etdi (219 million). Keyingi o'rinlardan Turkiya (94 million) va Rossiya (83 million) klublari joy oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185