Rodrigoning sharti: Yo asosiy tarkib, yoki yangi klub
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

«Real»ning braziliyalik hujumchisi Rodrigo joriy mavsum yakunlanganidan so'ng jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning ta'kidlashicha, Milanning «Inter» klubi Rodrigoning «Real»dagi holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shuningdek, hujumchiga Angliyaning «Arsenal», «Chelsi» va «Tottenxem» klublari, shuningdek, Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasi ham qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, Rodrigoning o'zi «Real»da qolishni istaydi, biroq u zaxira o'rindig'ida o'tirishga rozi emas.
Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214