Adriano: "Oltin to'p"ni Shevchenko emas, men olishim kerak edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

Italiya futbolining sobiq yulduzi, «Parma» va «Inter» klublari sobiq hujumchisi Leyte Adriano 2004 yilda «Oltin to'p» sovrini ukrainalik hujumchi Andrey Shevchenkoga berilganini nohaqlik deb hisoblaydi. Adrianoning fikricha, o'shanda ushbu nufuzli mukofotga aynan u loyiq bo'lgan.
«Oltin to'p»ni men yutishim kerak edi, deb hisoblayman. Uni Shevchenko oldi, ha, lekin men o'sha paytda undan qolishmasdim. Balki, g'alaba uchun menga birozgina tartib-intizom etishmagandir. Ammo bo'lar ish bo'ldi, o'tgan kunni qaytarib bo'lmaydi», — deya Adrianoning so'zlarini keltirmoqda pianetamilan.it nashri.
«Imperator» laqabi bilan mashhur bo'lgan futbolchi o'z faoliyatini 2016 yilda yakunlagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212