«Liverpul» va «MYu» «Ayaks» iqtidoriga xaridor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 58

«Liverpul» va «Manchester Yunayted» klublari «Ayaks»ning 18 yoshli yarim himoyachisi Shon Styorga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, har ikki klub yosh iqtidor egasining o'yinlarini diqqat bilan kuzatib borishgan. Shuningdek, futbolchiga «Arsenal» tomonidan ham qiziqish borligi aytilmoqda.
Joriy mavsumda Shon Styor jami 30 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda yarim himoyachi ikkita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 700 ming evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211