Mbappe JCh-2026 uchun sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymoqda: U operatsiyadan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 68

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish istagi tufayli tizzasini operatsiya qildirmoqchi emas. Bu haqda «AS» nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, frantsiyalik forvard 2025 yilning dekabr oyidan beri tizza boylamlaridagi muammolardan aziyat chekmoqda. Avvalroq Mbappe Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi «Benfika»ga qarshi javob o'yinini (2:1) o'tkazib yuborgan edi. Shunga qaramay, hujumchi jarrohlik amaliyotiga murojaat qilishni istamayapti, chunki bu uning dunyo birinchiligidagi ishtirokini so'roq ostida qoldirishi mumkin. Futbolchi konservativ davolanish variantini tanlagan.
Mbappe 2024 yilning yozidan beri «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha u «PSJ» va «Monako» klublarida to'p surgan. Joriy mavsumda hujumchi klub miqyosida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
190